Ravshan Sultanxodjayev Toshkent shahar IIBB boshligʻi boʻldi
U avval Xorazm viloyati IIBni boshqargan.

Ravshan Sultanxodjayev Toshkent shahar IIBBni boshqaradi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash masalalariga oid tezkor yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga polkovnik Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich tayinlandi.
U avval Xorazm viloyati IIBni boshqargan.
Poytaxt IIBBning avvalgi rahbari Aziz Toshpoʻlatov ichki ishlar vaziri boʻlgandi.