platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi "Coca-Cola" va "Pepsi"ni jarimaga tortdi

Ular reklama va axborot joylashtirish tartibini buzishda ayblangan. 

Raqobat qoʻmitasi "Coca-Cola" va "Pepsi"ni jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi mashhur ichimlik belgilarini jarimaga tortdi.

Qoʻmitaning Toshkent shaxar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish va monitoring ishlari olib borilgan.

Olib borilgan oʻrganish natijalariga muvofiq, Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 30 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga iish qoʻzgʻatilgan.

Misol uchun:
“COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD” MCHJ XK,
“INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT” MCHJ XK (PEPSI),
“MAK FOOD SERVIS” MCHJ,
“LUMIERI” MCHJ,
“TURAN MEDIA” MCHJ,
“OQTEPA FOOD SERVICE” MCHJ,
“BARATRUM” MCHJ (SAFIA) nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qoʻzgʻatilgan.

Ularga moliyaviy jarimalar qoʻllash haqida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid