platina.uz
Jamiyat

Qurilish sabab havoning ifloslanishiga sabab boʻlganlar jazolanadi

Bunday shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solinishi mumkin. 

Qurilish sabab havoning ifloslanishiga sabab boʻlganlar jazolanadi

Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun (OʻRQ-1042-son, 03.03.2025 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

Qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

Bunda:

-Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish:

-mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

-mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid