OAV: Tramp Ukrainaga barcha yordamni toʻxtatmoqda
Ukrainaga joʻnatilmagan yoki Polshadagi tranzit zonalarida turgan harbiy texnika AQShga qaytariladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga barcha harbiy yordamni toʻxtatadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiy bilan mojarodan bir necha kun oʻtib Ukrainaga berilayotgan barcha harbiy yordamni toʻxtatib qoʻyishni buyurgan.
Agentlikning AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimiga asoslanib yozishicha, Amerika Ukrainaga joriy qilingan barcha harbiy yordamni "mamlakat yetakchilari tinchlikka intilish sodiqligini koʻrsatmagunicha" toʻxtatmoqda.
Hozircha Ukrainaga joʻnatilmagan yoki Polshadagi tranzit zonalarida turgan harbiy texnikasi AQShga qaytariladi, dedi rasmiy.
AQSh urush boshidan buyon Ukrainani qoʻllab kelayotgan eng yirik davlatdir.
Eslatib oʻtamiz, 28 fevral kuni Vashingtonda uchrashgan Tramp va Zelenskiy oʻrtasida tortishuv sodir boʻldi. Bunga Kreml ham oʻz munosabatini bildirdi.




