Navoiy viloyati prokurori Toshkent viloyatiga oʻtkazildi
Nuriddin Qodirov esa Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mirzayev Azamat Egamberdiyevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Azamat Mirzayev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Qodirov Nuriddin Baxriddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Qodirov Nuriddin Baxriddinovich Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
Tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq ham Bosh prokuror va FVV rahbariga oʻrinbosarlar tayinlangandi.