platina.uz
Jahon

Kreml Zelenskiy va Tramp oʻrtasidagi tortishuvni izohladi

Rossiya tomonining iddao qilishicha, "Zelenskiy tinchlikni istamaydi, ular urush davom etishini xohlaydi". 

Kreml Zelenskiy va Tramp oʻrtasidagi tortishuvni izohladi

Kreml tomoni Zelenskiy, Vens va Trampning Oval kabinetdagi oʻzaro janjaliga izoh berdi.

"Oq uyda juma kuni sodir boʻlgan voqea, albatta, Ukraina atrofidagi tinchlik masalasiga kirish kirish qanchalik qiyin boʻlishini koʻrsatdi. Kiyev rejimi va Zelenskiy tinchlikni istamaydi, ular urush davom etishini xohlaydi", dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Kiyev tomonining aytishicha, Ukrainaga adolatli tinchlik kerak, AQSh Rossiya va Putin timsolidagi tajovuzkorni emas, agressiya qurbonini qoʻllab-quvvatlashi kerak.

"Aytaylik, misli koʻrilmagan voqea", deya izohladi Kreml matbuot kotibi Oq uydagi janjalni.

Uning taʼkidlashicha, Zelenskiy "koʻp jihatdan diplomatik mahoratning toʻliq yetishmasligini koʻrsatdi".

" Endi bu jarayonni har qanday konstruktiv qoʻllab-quvvatlash, har qanday konstruktiv tashabbusni ilgari surish kerak boʻladi.

Shubhasiz, kimdir Zelenskiy bilan muloqotdan keyin Oq uyda qolgan yoqimsiz holatni qandaydir yoʻl bilan zararsizlantirish uchun Vashington bilan muloqot borasida jiddiy harakat qilishi kerak”, — deya qoʻshimcha qildi Peskov.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya uch yil oldin Ukrainaga hujum qilganiga qaramay, Tramp oʻz bayonotlarida Zelenskiy va AQShning avvalgi prezidenti Jo Bayden urush boshlanishida aybdor, deb daʼvo qilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid