Favqulodda vaziyatlar vaziriga oʻrinbosar tayinlandi
Xurshid Sotiyev avval vazirlikda boshqarma boshligʻi edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari - Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar FVV Shtab boshligʻining oʻrinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq FVV rahbari ham almashgandi.