platina.uz
Iqtisod

Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi raisi etib tayinlandi

Uyushma sohadagi strategik rejalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa vazifalarni bajaradi. 

Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi raisi etib tayinlandi

Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni hududlarda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgandi.

Yigʻilishda tadbirkorlar tomonidan “Savdo va servis” uyushmasini tashkil etish taklifi bildirildi va mazkur taklif Prezident tomonidan maʼqullandi.

Uyushma Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda faoliyat yuritib, sohadagi strategik rejalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi taqdimnomasiga asosan “Savdo va servis” uyushmasi taʼsischilari umumiy yigʻilishi qarori bilan tadbirkor Hoshimov Zafar Komilovich uyushma raisi lavozimiga tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid