Yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi
Turli yillarda yozuvchining "Mirzakalon Ismoiliy", "Yaproqdagi nur", "Odamiylik sinovlari", "Eng baxtli kun" va boshqa asarlari chop etilgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Uyushma aʼzosi, yozuvchi Shodmon Otabekning vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Shodmon Otabek 1946 yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻilgan. Hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy Universitetni 1969 yili bitirgan. Respublika radiosida, Oʻzbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent Davlat madaniyat institutida, "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasida xizmat qilgan. 1992 yildan 2003 yilgacha "Xabar" gazetasida bosh muharrir boʻlgan.
Turli yillarda yozuvchining "Mirzakalon Ismoiliy" (1978), "Yaproqdagi nur" (1979), "Odamiylik sinovlari" (1986), "Eng baxtli kun"," Qorboʻron", (1988, 2009), "Shaxmat abadiydir" (1990), "Shirmonbuloq oqshomlari" (1995) kabi kitoblari, shuningdek, "Yaxshi kunlarda koʻrishaylik"," Birkam dunyo" qissalari chop etilgan.
Shodmon Otabekning asarlari rus, ukrain, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan.
