platina.uz
Jamiyat

Yangi ichki ishlar vaziri haqida nimalar maʼlum?

Platina.uz sayti Aziz Toshpoʻlatov haqida ochiq manbalardan maʼlumotlarni toʻpladi.

Yangi ichki ishlar vaziri haqida nimalar maʼlum?
Fotokollaj: Platina.uz

Bugun Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov ishdan olinib, uning oʻrniga Aziz Toshpoʻlatov tayinlandi. Toshpoʻlatov bugungacha poytaxt IIBB boshligʻi boʻlib ishlayotgandi.

Platina.uz sayti Aziz Toshpoʻlatov haqida ochiq manbalardan maʼlumotlarni toʻpladi. Unga 2021 yil 14 yanvarda, yaʼni Toshkent shahar IIBBga rahbar boʻlgan paytda general-mayor unvoni berilgan.

Toshpoʻlatov tizimga begona emas. Poytaxt IIBBga boshliq boʻlishdan avval bir muddat ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ham ishlagan. Ungacha esa viloyatlarda tajribasini oshirgan.

2015-2017 yillarda Namangan, 2017-2019 yillarda esa Samarqand viloyati IIBga rahbarlik qilgan. IIV birinchi oʻrinbosariligidan ketgach, uning oʻrnini Andijon viloyati IIB boshligʻi Shuhrat Sobirov egallagan.

Toshpoʻlatov tarjimai holi ochiq manbalarda mavjud emas. Uning qachon va qayerda tugʻilganini topishning imkoni boʻlmadi. Hatto poytaxt IIBB saytida bu haqda maʼlumot berilmagan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent viloyatida tugʻilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid