Gruziya bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi
Ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qoʻshma komissiya yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Siyosat
3-mart, 19:27

4-5 mart kunlari Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi.
Bu haqda hkumat portali xabar berdi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qoʻshma komissiya yigʻilishini oʻtkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar oʻrin olgan.