platina.uz
Jamiyat

Donorlarga beriladigan pul miqdori oshirildi

Ular sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish imkoniga ega boʻladi. 

Donorlarga beriladigan pul miqdori oshirildi

Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi.

Yangi qonun (OʻRQ-1041-son, 28.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yoʻla beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 min soʻm) miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi.

Ilgari BHMning 5 baravari edi.

Shuningdek, ularga shahar yoʻlovchilar transportidan (bundan yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid