Aziz Toshpoʻlatov ichki ishlar vaziri etib tayinlandi
Bungacha Poʻlat Bobojonov 2017 yildan buyon IIV rahbari sifatida ishlayotgandi.

Prezidentning farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bundan ilgariroq Aziz Toshpoʻlatov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan.
Ilgari Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Aziz Toshpoʻlatov 2020 yilda Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimiga tayinlangandi.
Oʻz navbatida Poʻlat Bobojonov 2017 yildan buyon IIV rahbari sifatida ishlayotgandi.
