platina.uz
Jamiyat

Oylik 8-15 mln soʻmgacha: quruvchilar “Yangi Toshkent”ga ishga taklif etilmoqda

Ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi.

Oylik 8-15 mln soʻmgacha: quruvchilar “Yangi Toshkent”ga ishga taklif etilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qurilishda ishlayotgan yurtdoshlarimizni 20 ming gektar yer maydonida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent”dagi qurilish ishlariga taklif etmoqda.

Bunda 38 turdagi yoʻnalishda 10 mingga yaqin soha vakillariga talab mavjud. Oylik-maosh ish turi va soatidan kelib chiqib, oʻrtacha 8 mln soʻmdan 15 mln soʻmgachani tashkil etadi. Ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi.

Talabgorlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid