platina.uz
Jamiyat

Uch viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi

Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfuddinov oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilib, Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Uch viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi

Uchta viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

28 fevral kuni muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tashkiliy masalalar ham koʻrildi. Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilib, Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Termiz shahri bosh imomi va “Manguzar” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rasuljon domla Abdullayev Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “Oltintepa” masjidida imom-xatib boʻlib ishlab kelayotgan Ahmadxon qori Alimov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili vazifasini vaqtinchalik bajarib kelgan Yoqubjon domla Mansurov bosh imom-xatib oʻrinbosari va Samarqand tumani “Xoʻja Ahrori Valiy” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida qoldirildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakili Jasurbek domla Raupov ham oʻz ixtiyori bilan lavozimidan ozod etilib, Zangiota tumanidagi “Zangiota” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi. Toshkent tumani bosh imomi va mazkur tumandagi “Hasanboy ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Doniyor domla Ikromov Musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid