platina.uz
Jamiyat

Toshkentda gaz portlashi sabab bir necha kishi jabrlandi, qurbon bor

Hodisaga boshqa bir fuqaroning oʻz joniga qasd qilishi sabab boʻlgan. U gaz plitasini ataylab yoqqan, soʻngra gaz-havo aralashmasi chaqnashi va yongʻin sodir boʻlgan. 

Toshkentda gaz portlashi sabab bir necha kishi jabrlandi, qurbon bor

Toshkentdagi xonadonlardan birida gaz portladi.

Bugun, 1 mart kuni soat 15:23 da Qorasuv-4 dahasidagi 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi portlashi natijasida yongʻin yuz berdi.

Toshkent shahar FVB maʼlumotiga koʻra, yongʻin toʻliq bartaraf etildi.

Tezkor choralar natijasida 6 kishi qutqarildi. Voqea oqibatida bir necha kishi, jumladan ikki nafar bola jarohat oldi.

Afsuski, bir bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi, ikkinchisi shifokorlar nazorati ostida.

Barcha jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

Hozirda voqea joyida turar-joy binosining hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga xonadonda yashovchilardan birining oʻz joniga qasd qilishga urinishi sabab boʻlgan. Fuqaro gaz plitasini ataylab yoqqan, soʻngra gaz-havo aralashmasi chaqnashi va yongʻin sodir boʻlgan. Shundan keyin u oʻzini 9-qavat derazasidan tashlab, halok boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid