platina.uz
Jamiyat

Xusnutdin Suvonov Oqoltin tumani hokimi etib tayinlandi

U avval tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan. 

Xusnutdin Suvonov Oqoltin tumani hokimi etib tayinlandi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida hokim oʻzgardi.

Oqoltin tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Suvonov Xusnitdin Yaxshilikovich nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid