platina.uz

Sud jurnalistning ishini tergovga qaytardi

Ruxsora Gʻafurovaga nisbatan daʼvo arizasi ham qaytarib olingani aytildi.

Jamiyat
28-fevral, 20:47

"Mening yurtim" telekanali jurnalisti Ruxsora Gʻafurovaning maʼmuriy sud ishi korib chiqilmadi.

Jurnalistning Jizzaxdagi bankdagi kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holati boʻyicha surishtiruviga asoslangan maʼmuriy ish 27 fevralda Mirzo Ulugʻbek tuman sudida koʻrib chiqilishi kerak edi.

Ammo sudya Jahongir Saidov tomonidan sudga kelib tushgan ish hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli qayta rasmiylashtirish uchun surishtiruv organigaga qaytarib yuborildi. Shu bois sud nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Sudda bildirilishicha, daʼvogar bankir Ruxsora Gʻofurovaga nisbatan daʼvo arizasini ham qaytarib olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+