platina.uz

Pensiya tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi

 1 martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi. 

Iqtisod
28-fevral, 14:32
Pensiya tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi

Pensiya tayinlashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

2025 yil 1 martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda (proaktiv shaklda) tayinlanadi, yaʼni pensiya yoshiga toʻlgan shaxslar uchun alohida murojaat qilish talabi bekor qilinadi.

Asosiy jihatlar:

Proaktiv tizim – pensiya tayinlash jarayonini avtomatlashtirish va soddalashtirishga qaratilgan.

Kimlarga tatbiq etiladi?

-55 yoshga toʻlgan ayollar,

-60 yoshga toʻlgan erkaklar;

Tizim qanday ishlaydi?

Adliya vazirligi fuqaroning shaxsiy maʼlumotlarini Pensiya jamgʻarmasiga yuboradi;

- Ichki ishlar vazirligi fuqaroning yashash manzilini tasdiqlaydi;

- Pensiya jamgʻarmasi pensiya hujjatlarini rasmiylashtirib, fuqaroga SMS-xabar yuboradi;

- Fuqaro 10 kun ichida rad etish yoki keyinroq pensiyaga chiqish uchun ariza berishi mumkin.

Bu yangi tartib pensiya olish jarayonini tezlashtirish va ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+