platina.uz
Jamiyat

Oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha faoliyat turlari kengaytirildi

Yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashuvchilar litsenziya asosida shunday faoliyatni olib borishi mumkin boʻladi. 

Oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha faoliyat turlari kengaytirildi

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari kengaytirildi.

“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-78-son, 27.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shugʻullanishi belgilanadi.

2025 yil 1 apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subʼektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:

-birinchi marta ogohlantirish;

-ogohlantirishdan soʻng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishi;

-sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;

-sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlib hisoblanishi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid