Olimjon Joʻrayev Guliston tumani hokimi etib tayinlandi
Ushbu vazifada avval Oʻlmasjon Mamadaminov ishlab kelgan.

Olimjon Joʻrayev Guliston tumani hokimi etib tayinlandi.
Guliston tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. Turdimov oʻz nutqida tumanda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport hamda qator sohalar boʻyicha qoloqlikka yoʻl qoʻyilayotganligini taʼkidlab, tumanni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish borasida tuman birinchi rahbarining harakatlari yetarli emasligini bildirdi.
Tumandagi ishga solinmagan imkoniyatlar haqida deputatlar ham oʻz fikrlarini bildirishdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Mamadaminov Oʻlmasjon Yarmaxammatovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Joʻrayev Olimjon Urazaliyevich nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Olimjon Joʻrayev 1982 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tugʻilgan. 2004 yilda Guliston davlat universitetini tamonlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.