platina.uz
Jamiyat

DXX Yaponiyaga joʻnatishni vaʼda bergan shaxslarni qoʻlga oldi

Andijon shahrida yashovchi fuqaro boshqa kishidan "kunchiqar yurt"ga joʻnatish vaʼdasi evaziga 7400 dollar olgan. 

DXX Yaponiyaga joʻnatishni vaʼda bergan shaxslarni qoʻlga oldi

Andijon shahrida yashovchi, 1990 y.t. shaxs fuqarolarni Yaponiya davlatiga ishga yuborish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon tarqatib, koʻpchilikning ishonchiga kirgan.

Ammo, u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab oʻtgan holda, Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 7400 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Boshqa holatda esa Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanida yashovchi, 1995 y.t. shaxs va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. tanishi oʻzaro til biriktirib, poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirishadi.
Ular mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Yaponiya davlatiga ishga yuborish evaziga 2500 AQSh dollari talab qilishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri – yaʼni, Toshkent shahrida yashovchi, 1995 y.t. shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid