platina.uz
Jamiyat

2025 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 soʻm mablagʻi yoki moli boʻlsa, uning qirqdan birini haqdorlarga berishi lozim. 

2025 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

Zakot nisobi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) soʻm deb belgiladi.

Shunga koʻra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) soʻm qiymatidagi pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasi miqdori

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

≈ 2 kg bugʻdoy unidan – 10 000 (oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg arpadan – 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;

≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʻladi.

Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid