Tomas Bax Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rahbarligidan ketmoqda
U mazkur lavozimga 2013 yilning sentabrida kelgandi.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Ijroiya kengashi tashkilot prezidenti Tomas Baxning XOQ aʼzosi lavozimidan isteʼfosini qabul qildi.
Maʼlum qilinishicha, u 2025 yil 23 iyundan soʻng lavozimdan ketadi.
Bax 2025 yilning 20 martida Kosta-Navarinoda (Gretsiya) saylanadigan qoʻmitaning yangi prezidentiga vvakolatlarini oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, Tomas Bax 2013 yil 10 sentabr kuni XOQning toʻqqizinchi prezidenti etib saylangan edi.
U 2021 yil 10 martda ikkinchi toʻrt yillik muddatga qayta saylangan. Bax 1991 yildan buyon HOQ aʼzosi edi.
71 yoshli Bax 1976 yilgi Monreal Olimpiadasida Germaniyaning qilichbozlik boʻyicha terma jamoasi bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.
U avval Germaniya olimpiya sport federatsiyasini ham boshqargan.