Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Faxriddin Kushakov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori eʼlon qilindi.
Faxriddin Kushakov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Abror Xidirov ham Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlangandi.