platina.uz
Jamiyat

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axborotida maʼlum qilingan. 

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

Oʻzbekistonda muqaddas Ramazon oyi 1 mart sanasidan boshlanadi. Bu haqda Prezident qarorida maʼlum qilingan.

"2025 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin", deyiladi qarorda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlaydi.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bagʻrikenglik oyi” gʻoyasi asosida tadbirlar oʻtkaziladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid