platina.uz
Jamiyat

Diniy sohadagi siyosatning asosiy vazifalari belgilandi

Fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi. 

Diniy sohadagi siyosatning asosiy vazifalari belgilandi

Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi.

“Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-1037-son, 25.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga koʻra, Oʻzbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:

-jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini taʼminlash hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

- koʻp millatli va koʻpkonfessiyali Oʻzbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, ularning rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;

- fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

-fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda, ularning vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

-davlat oʻzining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish;

-jamiyatda diniy bagʻrikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid