Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi
Avvalgi rahbar Orif Rahmonqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan olingan.

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Bugun Mirzaobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Rahmonqulov Orif Xudoyberdiyevich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
Deputatlar tomonidan Umarov Abdurahim Abdulxamidovich nomzodi Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A. Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.