Xurshid Nazarov Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi
U Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Xurshid Nazarov Samarqand viloyati Jomboy tumaniga yangi hokim etib tayinlandi.
26 fevral kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari qatnashdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Deputatlar shu kunga qadar Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Nazarov Xurshid Aripovichni Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Avval ushbu lavozimda Qayum Sobirov ishlayotgandi.