platina.uz
Siyosat

Sardor Umrzoqov Xitoy rasmiylari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda ikki tomonlama aloqalar, madaniy-gumanitar hamkorlik va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqot muhokama etilgan. 

Sardor Umrzoqov Xitoy rasmiylari bilan uchrashdi

Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov 24 fevral kuni Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) markaziy qoʻmitasining xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Lyu Szyanchao bilan uchrashuv oʻtkazdi.

25 fevral kuni esa Umurzoqov Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, KP MK targʻibot boʻlimi mudiri Li Shuley bilan uchrashdi.

Li Shuleyning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili ikki davlat rahbarlari Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini yangi tarixiy choʻqqiga – qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarishlarini maʼlum qilgan.

Xitoy Oʻzbekiston bilan ikki davlat rahbarlari erishgan muhim konsensusni amalga oshirish, partiyalararo almashinuvni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotni chuqurlashtirishgash tayyor, deya qoʻshimcha qildi u.

Sardor Umrzoqov oʻz navbatida, Oʻzbekiston Xitoy bilan barcha sohalarda almashuv va hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, ikki davlat rahbarlari belgilagan yoʻnalishda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid