Qayum Hushbaqov Paxtachi tumani hokimi boʻldi
Bugun Samarqand viloyatining uch tumanida hokim tayinlandi.

Paxtachi tumani hokimi oʻzgardi.
Bugun Paxtachi tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtalgan.
Viloyat rahbari Xushbaqov Qayum Norbekovich nomzodini Paxtachi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi.
Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Qayum Xushbaqov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruh rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Jomboy va Nurobodda ham hokim almashgandi.