platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Pokiston hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya eʼlon qilindi

Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani ham imzoladilar. 

Oʻzbekiston va Pokiston hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya eʼlon qilindi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladilar.

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:

- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim;

- Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Professional taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid