Jurnalist Alisher Roʻzioxunov vafot etdi
U qator internet nashrlarida faoliyat olib borgandi.

Jurnalist Alisher Roʻzioxunov vafot etdi. Bu haqda uning doʻsti jurnalist Ilyos Safarov maʼlum qildi.
Roʻzioxunov Kun.uz nashridagi maqolalari orqali tanilgandi. Bundan tashqari u Gazeta.uz sayti, shuningdek qator xorijiy nashrlarda ham ishlagan.
Jurnalistning oʻlimiga qand kasalligi sabab boʻlgani aytilmoqda.