AQShda yashash imkonini beradigan "oltin karta"lar joriy etilishi mumkin
Ushbu karta taxminan 5 million dollar turadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp “oltin kartalar” deb atalmish hujjat 5 million dollarga sotilishini aytdi.
Bu karta esa xorijliklarga AQShda yashash va ishlash huquqini beradi.
"Biz bu kartaga taxminan 5 million dollarlik narx belgilaymiz va u sizga yashil kartaning afzalliklarini beradi. U orqali siz fuqarolikni ham olishingiz mumkin. Va badavlat odamlar bizning mamlakatimizga kelib, bu kartani sotib olishadi", dedi Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga.
Yigʻilishda ishtirok etgan AQSh Savdo vaziri Govard Latnik “oltin karta” hukumatning EB-5 immigratsion investor vizasi dasturi oʻrnini egallashini taʼkidladi.
“Albatta, ular (xaridorlar) tekshiruvdan oʻtishlari kerak”, — deya qoʻshimcha qildi Latnik.
AQSh prezidenti, oʻz navbatida, kartalar sotuvi taxminan ikki hafta ichida boshlanishini taklif qildi.
Rossiyalik oligarxlarga kartalarni sotish haqida oʻylab koʻrasizmi, degan savolga Tramp shunday javob berdi: "Ha, bu mumkin. Men bir nechta rossiyalik oligarxlarni bilaman - juda yaxshi odamlar".