Andijonda asosiy isteʼmol mahsulotlari uchun 1 mlrd soʻm ajratildi
Qoʻrgʻontepa tumanidagi obodonlashtirish ishlari uchun ham pul beriladi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan byudjetning erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan pul ajratildi.
Jumladan, ichki isteʼmol bozorini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 1 mlrd soʻm beriladi.
Qoʻrgʻontepa tumani mahalliy byudjetiga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, piyodalar yoʻlaklari tashkil qilish hamda Qorasuv shahrida joylashgan Davlat idoralari binolarini taʼmirlash ishlari uchun 250 million soʻm miqdorida jami 1 250 million soʻm mablagʻlar ajratiladi.
Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (D.Isomiddinov) va viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A.Toʻraqulov)ga ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini hamda moliyalashtirilishini taʼminlash vazifasi topshirilgan.