Xonanda Serdar Ortach qamoq jazosiga hukm etildi
Xonandaga Turkiyada ogʻir jinoyat hisoblangan noqonuniy pul tikishni targʻib qilish aybi qoʻyilgan.

Turkiyalik mashhur qoʻshiqchi Serdar Ortach qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ortach reklama va noqonuniy pul tikishni targʻib qilish toʻgʻrisidagi qonunni buzgani uchun 10 oylik qamoq va 400 lira miqdorida jarimaga tortildi, deb yozadi Haber Global.
Qayd etilishicha, sud hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan - bu qaror Istanbul prokuraturasi tomonidan qimor oʻyinlarini tartibga soluvchi qonunlarni buzganlikda ayblanib, oʻtkazilayotgan tergov doirasida qabul qilingan.
Xonandaga Turkiyada ogʻir jinoyat hisoblangan noqonuniy pul tikishni targʻib qilish aybi qoʻyilgan. Qamoq jazosidan tashqari u jarima ham toʻlaydi. Biroq sud hukmni darhol bajarmaslikka qaror qilib, xonandaga hozircha qamalmaslik imkonini berdi.
Eslatib oʻtamiz, Ortach va ushbu ishda ayblanayotgan taniqli turk shoumen Mehmet Ali Erbil dastlabki tergov doirasida uy qamogʻida edi.