"Mikrokreditbank" yangi kredit loyihalarini eʼlon qildi
Loyihalar qator xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda.

"Mikrokreditbank" mamlakatda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida bir qator xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda imtiyozli kreditlar taqdim etmoqda.
Bu kreditlar tadbirkorlik subʼektlariga uzoq muddatli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini berib, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va agrobiznes kabi muhim sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jumladan quyidagi kreditlar va shartlar taklif etilmoqda:
1. Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi;
• Maqsad: Chorvachilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirish;
• Kredit muddati: 7 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyutada;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutda yillik 18,5 foiz;
2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish 2-Faza” loyihasi;
• Maqsad: Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish faoliyatini rivojlantirish;
• Kredit muddati: 10 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSh dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada 18,5 foiz, AQSh dollarida 11 foiz;
3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi;
Loyihadan maqsad oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish va ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish;
• Kredit muddati: 10 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSh dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada 18,5 foiz, AQSh dollarida 11 foiz;
4. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) hamda xalqaro tiklanish va Taraqqiyot banki (XTTB) ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi;
Kreditdan maqsad chorvachilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik sohasini rivojlantirish.
• Kredit muddati: 14 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSh dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada 16,5 foiz, AQSh dollarida 11 foiz;
5. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Meva-savzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi:
• Maqsad: Meva-sabzavotchilik loyihalarini moliyalashtirish.
• Kredit muddati: 14 yilgacha.
• Kredit valyutasi: milliy valyutada;
• Foiz stavkasi yillik: 13,5 (milliy valyutada).
6. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish Xalqaro fondi (IFAD) “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi:
• Maqsad: Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida agrobiznes yoʻnalishida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish.
• Kredit muddati: 10 yilgacha.
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSh dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: 18,5 foiz, AQSh dollarida 10 foiz.
Ushbu kredit liniyalari tadbirkorlarga uzoq muddatli va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu esa:
• Yangi ish oʻrinlari yaratish,
• Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
• Qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarini samarali rivojlantirishga yordam beradi.
MKbankning xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan bu tashabbuslari iqtisodiy oʻsish va tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshadi.