platina.uz
Jamiyat

Jarima ballari faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi

Lekin avvalroq jarima ballariga radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar ham kiritilishi aytilgandi. Rasmiylar notoʻgʻri axborot tarqatmaslikka chaqirgandi. 

Jarima ballari faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi

Haydovchilar uchun 12 ballik jarimalar tizimi faqat YPX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qoʻshimcha qilinishicha, kelgusida kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qoʻshib hisoblash rejalashtirilgan.

Radarlar, videokameralar orqali tuzilgan dalolatnomalar boʻyicha hozircha jarima ballari hisoblanmaydi.

Jarima ballari elektron bazada hisoblanadi, unda inson omili boʻlmaydi.

Lekin avvalroq jarima ballariga radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar ham kiritilishi aytilgandi. Rasmiylar bloger va boshqalarni notoʻgʻri axborot tarqatmaslikka chaqirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid