platina.uz
Jamiyat

Harbiy xizmatchilarga ijarada turganlik uchun toʻlanadigan kompensatsiya oshiriladi

Oila aʼzolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda kompensatsiya miqdorlari 50 foizga koʻtariladi. 

Harbiy xizmatchilarga ijarada turganlik uchun toʻlanadigan kompensatsiya oshiriladi

Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytirish boʻyicha prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi:

-2025 yil 1 martdan harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi;

-2025 yil 1 iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlari asosida uy-joy bilan taʼminlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.

Prezidentning 2005 yil 30 iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:

-2025 yil 1 martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:

-Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;

-Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;

-boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilandi.

Oila aʼzolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.

2026 yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid