Gʻolib Murodov Muborak tumani hokimi etib tayinlandi
Tayinlovga qadar u "Hududgaz Qashqadaryo" gaz taʼminoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
25-fevral, 21:07

Gʻolib Murodov Muborak tumani hokimi etib tayinlandi.
Bugun xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Murodov Gʻolib Neʼmatovichni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Gʻolib Murodov - 1981 yil Mirishkor tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.