platina.uz

Botir Qudratxoʻjayev Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi

U Bosh prokurori oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi. 

Sport
25-fevral, 19:53
Botir Qudratxoʻjayev Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi

Prezident farmoni bilan Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

U shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari – Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Botir Qudratxoʻjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Eslatib oʻtamiz, avval FVV vaziri lavozimida Abdulla Qoʻldoshev ishlab kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+