platina.uz

Subsidiya uchun arizalar topshirish 3 martdan boshlanadi

Dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda. 

Iqtisod
24-fevral, 12:19
Subsidiya uchun arizalar topshirish 3 martdan boshlanadi

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlash dasturi boʻyicha arizalar topshirish 3 martdan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–26-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar soni oʻtgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi. Dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

Bunda, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025 yilning 3 mart kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Fuqaroar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlap portalida mazkur havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin.

Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm);

Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+