platina.uz
Jahon

Putin Xitoy rahbari bilan muloqot oʻtkazdi

U Si Szinpinga yaqinda boʻlib oʻtgan Rossiya-Amerika muzokaralari haqida maʼlumot berdi, deyiladi Kreml xabarida. 

Putin Xitoy rahbari bilan muloqot oʻtkazdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Telefon muloqoti chogʻida Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan chuqur fikr almashilgan.

Iqtisodiyot-savdo, sarmoya, madaniyat, taʼlim va sport sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yoʻllari muhokama qilingan.

"Shuningdek, Moskvada gʻalabaning 80 yilligini nishonlash, Shanxay hamkorlik tashkilotining boʻlajak sammiti hamda Pekinda Yaponiya ustidan qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bagʻishlangan bayram tadbirlari munosabati bilan boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi", deyiladi Kreml xabarida.

Vladimir Putin Xitoy raisiga yaqinda boʻlib oʻtgan Rossiya-Amerika muzokaralari haqida maʼlumot berdi. Xitoy tomoni Rossiya va AQSh oʻrtasida boshlangan muloqotni qoʻllab-quvvatlashi hamda Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻllarini topishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid