platina.uz
Jamiyat

Joriy yil uy-joy subsidiyalari 1,5 baravarga oshiriladi

2025 yilda “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Joriy yil uy-joy subsidiyalari 1,5 baravarga oshiriladi

Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

-hududlarda jami 8,1 million m2dan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;

-ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat byudjetidan 2,5 trillion soʻm yoʻnaltirish;

-uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun 20,9 trillion soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;

-“Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash uchun Davlat byudjetidan 700 milliard soʻm hamda tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan 3,0 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirish.

2025 yilda “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

2025 yil 1 martdan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.

2025 yil 1 martdan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan koʻpi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid