Germaniyadagi saylovlarda amaldagi kansler partiyasi qaqshatqich magʻlubiyatga uchradi
Fridrix Mers boshchiligidagi Xristian-demokratik ittifoq va Xristian ijtimoiy ittifoqi saylovda ishonchli tarzda gʻalaba qildi.

Germaniyada bundestagga saylovlar boʻlib oʻtdi.
Federal saylov komissiyasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Fridrix Mers boshchiligidagi oʻng markazchi blok (Xristian-demokratik ittifoq va Xristian ijtimoiy ittifoqi) 28,6 foiz ovoz toʻplagan.
Bungacha sotsiologlar ushbu blokning ishonchli gʻalabasini bashorat qilishgan, keyin esa ekzit-polllar buni tasdiqlagan.
Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, “Germaniya uchun alternativ” (AfD) 20,8 foiz ovoz olgan. Bu AfD tarixidagi eng yaxshi natija boʻlib, saylovlardan soʻng Alis Vaydelning partiyasi Bundestagdagi deputatlari sonini ikki barobarga oshirishi mumkin.
Kansler Olaf Shols boshchiligidagi sotsial-demokratlar partiyasi oʻz tarixidagi eng yomon natija bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi: ular 16,4% ovoz toʻplagan. Shols saylovlardagi magʻlubiyatni tan olib, natijalarni SDP uchun achchiq deb atadi.
Yashillar uchun 11,6%, soʻl partiyalar uchun 8,8% saylovchi ovoz berdi.
Soʻl millatchi Sara Vagenknecht ittifoqi va oʻng liberal Erkin demokratlar partiyasi, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 5 foizlik toʻsiqdan oʻta olmadi.