platina.uz
Jamiyat

Behzod Hamrayev Statistika agentligi direktori etib tayinlandi

U shu paytgacha Markaziy bank raisining oʻrinbosari  lavozimida ishlayotgandi. 

Behzod Hamrayev Statistika agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Behzod Saylixonovich Hamrayev Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Behzod Hamrayev 1983 yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2006 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2016 yili Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan.

Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini Iqtisodiyot vazirligida boshlagan.

Yanvar oyida Statistika agentligining avvalgi rahbari Bahodir Begalov ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid