Aprel oyidan elektr narxi qanchaga oshishi maʼlum boʻldi
Bir xonadonga moʻljallangan 200 kilovattlik ijtimoiy norma 600 soʻmdan etib belgilanadi.
Jamiyat
24-fevral, 18:03

"Hududiy elektr tarmoqlari" 2025 yil 1 apreldan elektr energiyasi uchun yangi narxlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, bir xonadonga moʻljallangan 200 kilovattlik limit 600 soʻmdan etib belgilanadi. Amaldagi narx 450 soʻmni tashkil etadi.
Agar foydalanilgan miqdor 200 kilovattdan oshsa 1000dan toʻlanadi (amaldagi narx 900 soʻm).
Foydalanilgan elektr 1000 kilovattdan oshsa 1500 soʻmdan narxlanadi. 10 ming kilovatt va undan oshiq miqdor uchun toʻlov 2 ming soʻmni tashkil etadi (har bir kilovatt uchun).
Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov aprel oyidan elektr va gaz narxi oshishini maʼlum qilgandi.
