Oʻzbekiston yoshlari Osiyo kubogini alamli tark etdi
Jamoa asosiy vaqtda kambek qayd etdi va penaltilarda yutqazdi.

Oʻzbekiston U20 terma jamoasi Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi.
Dastlab 18-daqiqada Asilbek Jumayev hisobni ochdi. Lekin 26-daqiqada hisob tenglashdi. 56 va 61 daqiqalarda koreyaliklar yana gol urib hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi.
Lekin oʻyin oxirida Oʻzbekiston kambek qayd etdi va asosiy bahsda 3:3 hisobi qayd etdi.
Penaltilar seriyasida 3:1 hisobida Janubiy Koreya gʻalaba qozondi.