Toshkentda suv toshqinlariga qarshi choralar uchun 11,4 mlrd soʻm ajratiladi
Kurash federatsiyasi xodimlari ish haqi va ularni saqlash xarajatlari uchun 2 mlrd 358 mln soʻm yoʻnaltiriladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 21 fevral kuni mahalliy byudjet mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish boʻyicha qarorni imzoladi.
Unga koʻra, mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan turli xarajatlar uchun 17 mlrd 856 mln soʻm ajratiladi.
Jumladan, kurash federatsiyasi xodimlari ish haqi va ularni saqlash xarajatlari uchun 2 mlrd 358 mln soʻm, xalqaro kurash instituti xodimlari ish haqi uchun 1 mlrd 650 mln soʻm, kurash federatsiyasi Toshkent shahar boʻlinmasiga 1 mlrd 188 mln soʻm beriladi.
Toshkent shahrida yogʻingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 11 mlrd 400 mln soʻm berilishi koʻzda tutilgan.
Kengashning 2025 yil 20 fevraldagi mablagʻ ajratish boʻyicha qarori texnik sababga koʻra bekor qilingan.