platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibi bilan muloqot oʻtkazdi

Marko Rubio suhbatda Oʻzbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlagan.

Oʻzbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibi bilan muloqot oʻtkazdi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzaro suhbat oʻtkazdi.

Marko Rubio bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan suhbatda AQSh Oʻzbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlagan.

Ikki tomon tinch va farovon Markaziy Osiyoni qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamkorlikni davom ettirish, jumladan, C5+1 diplomatik platformasi orqali hamkorlikni muhokama qildi.

Rubio Oʻzbekistonga noqonuniy migratsiyani cheklash boʻyicha hamkorlik va terrorizmga qarshi birgalikdagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qoʻshma Shtatlar muhim foydali qazilmalar va AQShning fuqarolik atom energiyasi texnologiyalariga sarmoya kiritish uchun oʻzaro manfaatli imkoniyatlarda Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutmoqda, deyiladi xabarda.

Baxtiyor Saidovning yozishicha, "Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yoʻlida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib olgan".

"Ishbilarmon doiralar oʻrtasida mustahkam koʻpriklar barpo etish, har ikki yoʻnalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni taʼminlash kun tartibimizning asosiy qismidan oʻrin oldi", deya yozadi vazir.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid